O‘zDJTUDA “ZAMONAVIY ELEKTRON OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING TARAQQIYOT TENDENSIYALARI” MAVZUSIDA KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI

26.04.2019

Bugun, 26-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Xalqaro jurnalistika” fakulteti tashabbusi bilan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Zamonaviy elektron ommaviy axborot vositalarining taraqqiyot tendensiyalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondidan vakillar, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.

Konferensiyada qiziqarli ma’ruzalar, bahsli fikr-mulohazalar bo‘ldi. Jumladan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Saydi Umirov, faxriy telejurnalist Marat Asadullayev, “Amerika ovozi” teleradiosi jurnalisti Navbahor Imomova, akademik Tursunali Qo‘ziyev, dotsent Iroda Ismoilova, filologiya fanlari doktori Yoqutxon Mamatova, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi o‘rinbosari Xolmurod Salimov magistrant Nilufar Ahmedova, talaba Ayjamol Joldasbayevalar konferensiyada faol ishtirok etib, taqdimot bilan qatnashdilar.

Shunisi ahamiyatliki, konferensiyada zamonaviy elektron ommaviy axborot vositalarining muhim muammolari o‘rtaga tashlandi, bahslashildi,aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. 

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fifteen + two =