OAK: 2019-YIL 1- SENTYABRDAN CHET TILI BO‘YICHA MALAKAVIY IMTIHON TOPSHIRISH TIZIMI BEKOR QILINADI

01.06.2019

Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi(OAK) tomonidan tashkil etilgan tadbirda soha hodimlari, mutaxassislar, yosh olimlar, erkin tadqiqotchilar va jurnalistlar ishtirok etdi.
– Bugun zamon shiddat bilan rivojlanmoqda, – dedi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK raisi Ahmadbek Yusupov. – Ilm-fanda ham qator yutuqlarga erishilmoqda. Shularni inobatga olgan holda komissiyamiz tizimida ham qator o‘zgarishlar qilindi. OAK faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, mamlakatimizda reytingi yuqori 30 ta oliy ta’lim muassasasi qatoriga kirgan oliygohlarga imtiyozlar berildi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari va Mudofaa vazirligi hay’ati tavsiya etgan idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalari kengashlariga sinov tariqasida 2019 yilning 1 oktyabridan boshlab talabgorlarni bevosita dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlarida, 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab esa professor ilmiy unvonida tasdiqlash huquqi berish ko‘zda tutilgan.
Tadbirda ta’kidlanishicha tizimni yanada takomillashtirish maqsadida 2020 yil 1 yanvardan uza.uz saytida tadqiqotchilarning izlanishlari to‘liq shaklda yoritiladi. Ilmiy unvonlar olish tartibi ilg‘or xorijiy amaliyotga yaqinlashtirilib, jarayon soddalashtiriladi. Nashrchilik faoliyati yanada faollashib, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat shakllantiriladi.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim bosqichiga qabul qilinishida talabgorlar chet tilidan kirish imtihonlarini topshirar edi. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichiga qabul qilingandan keyin ham talabgorlar yana chet tillaridan malaka imtihonlarini topshirishadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu sinov jarayonlari bir-birini takrorlar edi. Aynan ana shular inobatga olinib 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab chet tili bo‘yicha malakaviy imtihon topshirish tizimi bekor qilinishi ko‘zda tutilgan.
Anjumanda jurnalistlar savollariga atroflicha javob berildi.

photo5442630717415729972.jpg
photo5445008673303800368.jpg

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

8 − seven =