Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Olima ayollar” ilmiy loyihalar tanlovi natijalari boʻyicha taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda ilmiy loyihalari moliyalashtirishga tavsiya qilingan 68 nafar olima ayollar taqdirlandi.
Tadbirni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov kirish soʻzi bilan ochdi.
– Bugun ayollarning ilm-fandagi roli, ularga yaratilgan imkoniyatlar, ulardan kutilayotgan natijalar juda katta. Umid qilamizki, bugun taqdirlanadigan loyihalarimiz natijasida ham katta yutuqlarga erishamiz. Bu kabi tadbirlar olima ayollarimizning jamiyatdagi mavqeini yanada koʻtarish, ularning barcha sohadagi faolligini oshirishga xizmat qilishiga ishonchim komil.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.