OLIY TAʼLIM MUASSASALARI REYTINGINI ANIQLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOM TASDIQLANDI

08.06.2019

Hukumat qarori bilan Oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, oliy taʼlim muassasalari reytingi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan aniqlanadi.

Reytingni aniqlash uchun maʼlumotlar 1-fevralgacha vazirlik va idoralar tomonidan taqdim qilinadi.

Inspeksiya har yili may-iyun oylarida quyidagilarni oʻtkazadi:

  • professor-oʻqituvchilarning xorijiy til va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilimlarini aniqlash uchun test;
  • talabalarning mutaxassislik fanlariga oid bilimini aniqlash uchun nazorat ishlari va taʼlim sifatini oʻrganish boʻyicha soʻrovnoma.

Reyting natijalari har yili keyingi oʻquv yili boshlanishidan kechikmay Inspeksiyaning saytida eʼlon qilinadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

seventeen − twelve =