OLIY TA’LIM SIFATINI OSHIRISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI

16.07.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-iyul kuni davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari, oliy ta’lim tizimida sifatni oshirish va xalqaro o‘quv dasturlarini tatbiq etishga oid hisobot bilan tanishdi.

Shu kunlarda oliy ta’lim muassasalariga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu yil unda 805 ming nafar abituriyent ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari oliy ta’lim muassasalariga umumiy davlat buyurtmasini tasdiqlash, bunda mamlakatimiz rivoji va mehnat bozori talablariga e’tibor qaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shu bilan bir qatorda tarmoq, korxona va oliy ta’lim muassasasi uzviyligini mustahkamlash, o‘z sohasida ilg‘or, raqobatdosh mutaxassislar tayyorlash zarurligini ta’kidladi.

https://president.uz
https://gov.uz/edu

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eleven + seventeen =