“OLIY TA’LIM TIZIMIDA ONLAYN KURSLAR VA MASOFAVIY TA’LIM” MAVZUSIDA VEBINAR BO’LIB O’TADI

20.08.2020

El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan Respublika Oliy ta’lim kengashi bilan hamkorlikda 2020-yil 28-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da “Oliy ta’lim tizimida onlayn kurslar va masofaviy ta’lim” mavzusidagi vebinar tashkil qilinmoqda.

Videokonferensiya taqdimoti ikki qismdan iborat bo‘lib, ularda “Ommaviy ochiq onlayn kurslar: Coursera va boshqa onlayn platformalar” hamda “Masofaviy ta’limni joriy etishning dolzarb masalalari: Buyuk Britaniya universitetlari misolida” kabi mavzular yuzasidan taqdimotlar bo‘lib o‘tadi.

Mazkur videokonferensiyada Jamg‘arma Xalqaro ekspertlar kengashi a’zolari, xorijda istiqomat qilayotgan vatandosh ekspertlardan Rossiya Federatsiyasining Korporativ universiteti Muhandislik ekspertizasini rivojlantirish markazi eksperti Odilbek Kattayev hamda Buyuk Britaniyaning Hult International Business School professor-assistenti Hamid Irgashevlar o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etishi kutilmoqda.

Taqdimotlarda oliy ta’lim tizimida onlayn va masofaviy ta’limni tashkil etish, ommaviy ochiq onlayn kurslarning ahamiyati, onlayn platformalar va masofaviy ta’limni joriy etishning xorijiy davlatlar tajribasi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilishi kutilmoqda.

Videokonferensiyada qatnashish uchun www.webinar.eyuf.uz link orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi. Videokonferensiyada qatnashuvchilar Zoom platformasi orqali zoom.us/j/2026300504 linki orqali bog‘lanishlari va ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two × 1 =