ONLAYN “TALABALAR FESTIVALI” TADBIRI BO‘LIB O‘TADI

19.06.2020 430

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan har yili an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinadigan “Talabalar festivali” tadbiri bu yil 25-29 iyun kunlari onlayn tashkil etiladi.

      Tadbir doirasida 25-29 iyun kunlari “Zakovat” intellektual turniri o‘tkazilib, unda ishtirok etishni istagan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘z arizalarini 23-iyunga qadar Nizomda ko‘rsatilgan manzilga yuborishlari lozim. Arizalar ko‘rib chiqilib jamoalar 4 ta guruh mintaqaga ajratiladi. Telegram messendjerida maxsus bot kanal ochiladi va shu bot orqali “Zakovat”  intellektual o‘yini bo‘lib o‘tadi.

26-28 iyun kunlari “Yurtim jamoli” rasmlar tanlovi o‘tkazilib, unda har bir oliy ta’lim muassasasi ichki saralash bosqichida g‘olib bo‘lgan bittadan ijodiy ish namunasini festival hay’ati a’zolariga 27-iyunga qadar taqdim etishi lozim. G‘olib deb topilgan ijodiy ishlar t.me/talaba_vuz kanalida namoyish etiladi.

25-28 iyun kunlari Biz sevgan adib videoroliklar namoyishi tashkil etilib, unda har bir oliy ta’lim muassasasi “Biz sevgan adib” mavzusida 1 ta 3daqiqadan oshmaydigan videolavha tayyorlab, 25-iyunga qadar taqdim etishlari kerak. Eng yaxshi videoroliklar t.me/talaba_vuz kanaliga joylab boriladi.

25-29 iyun kunlari Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi veb-sayti” taqdimotlaro‘tkaziladi.  Tanlov nizomiga asosanoliy ta’lim muassasalari o‘z rasmiy veb saytlari taqdimotlarini Power-Point ko‘rinishida festival hay’ati a’zolariga taqdim etadilar.

25-28 iyun kunlari “Mehnat-daromad” videoroliklar tanlovi  o‘tkazilib, unda daromadli mehnat bilan shug‘ullanayotgan talabalar o‘z ish faoliyati jarayonlari aks etgan videolavhalarni 26 iyunga qadar yuborishlari lozim. Videolavhalar 3 daqiqadan oshmasligi kerak.

25-28 iyun kunlari “Notiqlik, o‘tkir qalam sirlari” audioinsholar tanlovi o‘tkazilib,  unda “Pandemiya mening hayotimda “Mening ideal ustozim”, Kasbim – faxrim” hamda “Yurtim rivojiga qo‘shgan hissam” mavzularida yozilgan ijodiy ishlarini audioko‘rinishida 24-iyunga qadar  yuborishlari lozim. Audiomahsulot davomiyligi 5 daqiqadan oshmaslishi lozim.
25-28 iyun kunlari “Sport – mahoratim” videoroliklar tanlovi sportning turli yo’nalishlari bilan shug’ullanadigan yoshlarning mahorat jarayoni tasvirlangan videoroliklar yuboriladi. Har bir rolik 3 minutdan oshmasligi kerak.

         Festival doirasida tashkil etiladigan tadbirlarda faol ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!

2 Comments so far

Jump into a conversation
  1. Zuxratdin Karamatdinov
    #1 Zuxratdin Karamatdinov 26 Iyun, 2020, 10:34

    Men sevgan adib tanloviga videoroligimni qanday jonataman talaba vuz kanaliga

    Reply this comment
  2. Alisher
    #2 Alisher 16 Iyul, 2020, 18:00

    Mana shu festivalsa qatnashib faxirli 2-o‘rinni oldim. Lekin mana yarib oy o‘tdiyamki, oddiy pechati bor faxriy yorliq ham olganim yo‘q😔.
    Nima Davlatimizga bunday festivallarni g‘oliblarini taqdirlash uchun yarim oydan ziyodroq vaqt kerak ? Yoki masul shaxslar e‘tiborsizlik qilishayabdimi ?
    Kimdir javob beroladimi ?
    Usha festival uchun masul shaxs bormi qanday bog‘lanaolaman.
    Yoshmiz, yonib turibmiz qandaydir ko‘ngil qolishi bo‘lar ekanda.

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.