O’QUV YILI BOSHLANISHI MUNOSABATI BILAN OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRI TABRIK YO’LLADI

04.09.2024

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov professor-o’qituvchilar va talaba yoshlarga 2024/2025 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan tabrik yo’lladi.

4-sentyabrdan ko‘pchilik yoshlarimiz hayotlaridagi yana bir katta yo‘lga otlanadilar. Bu ularning kelajakda qanday kasb egasi va mutaxassis bo‘lishlari, puxta bilim hamda hayotiy saboq egallashlarida muhim o‘rin tutadi.

Aziz o‘quvchilar!

Sizlarni mana shu muhim kun – 2024/2025 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan chin dildan tabriklayman.

Ishonamanki, bor imkoniyatingizni ishga solib bo‘lsa-da malakali ustozlardan zamonaviy ta’lim olib, kasb-hunar o‘rganib, ularni Vatanimizga munosib farzand bo‘lishdek maqsadlar yo‘lida sarflaysiz. Bugungi kunda mamlakatimizda buning uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilgan.

Qadrli yoshlar!

Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda va ulkan marralarni zabt etishda kasb-hunar egallashning o‘rni beqiyos. Bunda biz fidoyi va o‘z ishining ustasi bo‘lgan ustozlarimizga suyanamiz.

Ta’til vaqtida pedagog-kadrlar uchun o‘quv-seminarlar tashkil etdik. Kasbiy rivojlanish darslarida sohadagi so‘nggi yangilik va zamonaviy bilimlarni bo‘lishishlariga zamin hozirladik. Zero, malakali o‘qituvchi sifatli ta’lim demakdir.

Qadrli ustozlar, aziz o‘quvchilar!

Yangi o‘quv yilida sizga omad va zafar yor bo‘lishini tilayman.

Yurt koriga yaraydigan mutaxassis bo‘lib yetishishingizga tilakdoshman!

Qo‘ng‘irotboy SHARIPOV,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

https://gov.uz/edu

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 × one =