Orzularni yo‘qqa chiqarishning 5 yo‘li

09.10.2019

Bel Pesh

Barchamiz o‘sha dunyoni o‘zgartiradigan mahsulotni ixtiro qilishni, o‘sha gullab ketadigan kompaniyani ishga tushirishni, o‘sha ko‘plab sotiladigan kitobni yozishni istaymiz. Shunday bo‘lsa ham, oramizdan ozchilikkina aslida buning uddasidan chiqadi. Braziliyalik tadbirkor Bel Pesh orzuyingizdagi ishlar hech qachon o‘z samarasini bermasligini ta’minlaydigan, ishonish oson bo‘lgan noto‘g‘ri fikrlardan beshtasiga to‘xtaladi.

(Video subtitrlar orasida o’zbek tilini ham topishingiz mumkin)

Uzbek Subtitles:

0:01 – 0:03
Men oxirgi ikki yilimni insonlar qanday¶
0:03 – 0:06
o’z orzulariga erishishini tushunishga urindim.
0:06 – 0:08
Biz orzularimiz va fazoda qoldirmoqchi
0:08 – 0:10
bo‘lgan izimiz haqida o’ylar ekanmiz,
0:10 – 0:14
orzularimiz va amalga oshmagan ishlar orasida
0:14 – 0:17
qanchalik katta tafovut borligini ko‘rib hayratda qolamiz.
0:17 – 0:18
(Kulgu)¶
0:19 – 0:20
Shunday qilib bugun huzuringizda¶
0:20 – 0:24
orzular sari intilmaslikning 5 yo‘li haqida so‘zlamoqchiman.
0:25 – 0:30
Birinchisi: Bir kechada muvaffaqiyatga erishishga ishoning.¶
0:30 – 0:31
Shunaqa hikoyani bilasiz-ku, a?
0:31 – 0:36
Texnika dahosi bo‘lgan yigit mobil ilova yasab, darrov katta pulga sotadi.
0:37 – 0:41
Hikoya rostdek tuyular, ammo garov o‘ynaymanki, uni to‘lig‘icha eshitmaganmiz.
0:41 – 0:43
Agar izlanishda davom etsak, u bola
0:43 – 0:45
avval 30 ta ilovani yasaganini, shu mavzuda
0:45 – 0:48
magistraturani, PhD dasturini bitirganini bilib olamiz.
0:48 – 0:51
U 20 yillab shu masala ustida ishlagan.
0:52 – 0:53
Bu chindan ham qiziq.¶
0:53 – 0:59
O‘zimning Braziliyadagi hikoyamni ham odamlar bir kechadagi muvaffaqiyat deb hisoblaydi.
0:59 – 1:01
Men soddaroq oiladanman va oxirgi muddatga
1:01 – 1:05
ikki hafta qolganida Massachussets Texnologiya Institutiga
1:05 – 1:07
hujjat topshirishni boshlaganman.
1:07 – 1:09
va buni qarabsizki!.. Meni qabul qilishdi.
1:10 – 1:13
Odamlar buni bir kechadagi muvaffaqiyat deb o’ylashlari
1:13 – 1:16
mumkin, lekin bu ish shungacha bo‘lgan 17 yilimda
1:16 – 1:19
hayotim va ta’limga jiddiy qaraganim uchungina amalga oshdi.
1:19 – 1:23
Sizning bir kechadagi muvaffaqiyatingiz har doim
1:23 – 1:26
o‘sha lahzagacha hayotda qilgan ishlaringiz natijasidir.
1:27 – 1:30
Ikkinchisi: So‘roqlaringizga boshqa odamlarda javoblar borligiga ishoning.¶
1:30 – 1:33
Hamisha odamlar yordam qilgisi keladi, to‘g‘rimi?
1:33 – 1:36
Turli odamlar: oilangiz, do‘stlaringiz, biznes hamkorlaringiz,
1:36 – 1:39
hammaning qaysi yo‘lni tanlashingiz kerakligi haqda o‘z fikri bor:
1:39 – 1:42
«Men seni bunday qilishingni maslahat beraman».
1:42 – 1:43
Lekin unga kirganingizda
1:43 – 1:46
tanlashingiz kerak bo‘lgan boshqa yo‘laklar chiqadi
1:46 – 1:49
va o‘sha qarorlarni o‘zingiz qabul qilishingiz zarur.
1:49 – 1:53
Sizning hayotingiz uchun hech kimda ideal javoblar yo‘q.
1:53 – 1:56
Va siz qaror qabul qilishda davom etishingiz kerak.
1:56 – 1:59
Quvurlarning oxiri ko‘rinmaydi, siz esa boshingizni urib
1:59 – 2:01
olasiz, bu esa jarayonning bir qismi.
2:02 – 2:05
Uchinchisi, eng nozik, ham eng muhimi:¶
2:06 – 2:09
O‘sishingiz kafolatlanganda harakatdan to‘xtang.
2:09 – 2:11
Demak, hayotingiz zo‘r ketyapti,
2:11 – 2:13
birgalikda zo‘r jamoa yig‘gansiz
2:13 – 2:16
daromadingiz oshib bormoqda, hammasi o‘z joyida
2:16 – 2:18
harakatdan to‘xtash vaqti keldi.
2:18 – 2:20
Birinchi kitobimni chiqarganimda
2:20 – 2:23
uni butun Braziliya bo‘ylab tarqatish uchun jon-jahdim bilan
2:23 – 2:26
ishlaganman. Shunda uni 3 milliondan oshiq odam
2:26 – 2:28
yuklab olgan, 50 mingdan ziyod odam qog‘ozli versiyasini
2:28 – 2:32
xarid qilgan. Davomini yozganimda ba’zi natijalar kafolatlangan edi.
2:33 – 2:36
Kamroq ishlasam ham sotuvlar yaxshi bo‘lardi.
2:36 – 2:38
Ammo «yaxshi» degani aslida yetarlimas.
2:38 – 2:40
Bir cho‘qqiga qarab ko‘tarilib borarkansiz,
2:40 – 2:44
har qachongidan ko‘proq zahmat chekishingiz va
2:45 – 2:46
boshqa cho‘qqiga chiqishingiz kerak
2:46 – 2:48
Balki biroz uringanimda bir-ikki yuz ming odam
2:48 – 2:50
uni o‘qirdi va bu zo‘r natija.
2:50 – 2:52
Lekin ko‘proq harakat qilsam,
2:52 – 2:55
raqamlarni millionlarga chiqarishim mumkin.
2:55 – 2:58
Shu sabab, yangi kitobim bilan Braziliyaning har bir shtatiga
2:58 – 3:01
borishga qaror qildim, balandroq cho‘qqini ko‘rganda esa
3:01 – 3:03
harakatdan to‘xtashga vaqt qolmaydi.
3:03 – 3:06
To‘rtinchi, muhim maslahat:¶
3:06 – 3:09
Ayb boshqa birovda ekaniga ishoning.
3:10 – 3:12
Hamisha odamlar: «Zo‘r g‘oyam bor edi, hech
3:12 – 3:16
bir investor uni tushuna olmadi», «Mana zo‘r mahsulot yaratdim,
3:16 – 3:18
lekin bozorning ahvoli yomon edi,
3:18 – 3:22
sotuvlar yaxshi bo‘lib ketmadi» yoki «Yaxshi ishchilar topolmayapman, jamoam
3:22 – 3:26
kutganimdan ancha yomon» deganiga guvoh bo‘laman.
3:27 – 3:28
Orzularingiz bormi,
3:28 – 3:31
ularni amalga oshirish sizning zimmangizda.
3:32 – 3:34
Ha, iqtidorli ishchi topish qiyin bo‘lishi mumkin.
3:34 – 3:36
Ha, bozor yomon bo‘lishi mumkin.
3:36 – 3:38
Lekin hech kim g‘oyangizga pul tikmagan yoki
3:38 – 3:40
mahsulotingizni hech kim sotib olmagan
3:40 – 3:43
bo’lsa, albatta bunda o‘zingizning qandaydir aybingiz bor.
3:43 – 3:45
(Kulishadi)¶
3:45 – 3:47
Albatta.¶
3:47 – 3:50
Orzularingizni shartta olib, ro‘yobga chiqarishingiz zarur.
3:50 – 3:53
Hech kim maqsadlariga bitta o‘zi erishmagan.
3:53 – 3:57
Biroq ularni ro‘yobga chiqarmasangiz, bu hech kimning emas, aynan sizning aybingizdir.
3:57 – 4:00
Orzularingiz uchun o‘zingiz javobgar bo‘ling.
4:01 – 4:05
Yana bir oxirgi maslahat va bunisi ham haqiqatda muhim:¶
4:06 – 4:11
Orzularning o‘zigina ahamiyatli ekaniga ishoning.
4:11 – 4:14
Bir kuni bir reklama ko‘rdim-da, unda bir talay do‘stlar
4:14 – 4:17
tog‘ga chiqishayotgan edi. Tog‘ juda baland bo‘lib, rosa
4:17 – 4:18
g’ayrat to’kishayotgandi.
4:18 – 4:21
Ularning terlayotgani va qiynalayotganini ko‘rish mumkin edi.
4:21 – 4:25
Ular tepaga ko’tarilishdi va oxir-oqibat ular cho‘qqiga ham yetishdi.
4:25 – 4:27
Albatta, ular buni nishonlamoqchi edi.
4:27 – 4:30
Demak, «Ha, biz buni uddaladik, biz tog‘ning eng tepasidamiz!» deyishdi.
4:31 – 4:33
Ikki soniya o‘tib, biri boshqasiga qaradi va dedi:
4:34 – 4:35
«Mayli, ketdik pastga tushamiz.»
4:35 – 4:37
(Kulishadi)¶
4:37 – 4:40
Yashash degani hech qachon maqsadlarning o‘zi emas.¶
4:40 – 4:41
Hayot misli sarguzashtdir.
4:42 – 4:44
Ha, maqsadlarning o‘zidan baxra olish kerak,
4:44 – 4:47
lekin odamlar o‘ylashadiki, sizning orzularingiz bor va
4:47 – 4:50
qachondir o‘sha orzulardan biriga yetishganingizda
4:50 – 4:53
mo‘jizali davr keladi va atrof baxtga to‘la bo‘ladi.
4:54 – 4:57
Lekin orzuning ushalishi bir lahzalik tuyg‘u,
4:57 – 4:59
hayot esa unday emas.
4:59 – 5:02
Barcha orzularga chinakamiga erishishning yagona yo‘li
5:03 – 5:06
bosib o‘tilajak so‘qmoqdagi har bir qadamdan to‘liq zavqlanishdir.
5:06 – 5:08
Bu eng zo‘r yo‘li.
5:08 – 5:10
Bosib o‘tadiganimiz esa oddiy qadamlardan iborat.¶
5:10 – 5:12
Ba’zi qadamlar o‘z o‘rniga tashlanadi.
5:12 – 5:14
Ba’zida og‘ishib ketasiz.
5:14 – 5:19
Agar to‘g‘ri odimlasangiz, quvoning, chunki ko‘plar quvonish uchun ancha kutadi.
5:19 – 5:22
Og‘ishib ketadigan bo‘lsangiz, undan saboq chiqarishga urining.
5:22 – 5:27
Agar har bir qadam saboq yoki quvonish uchun sabab bo‘lsa, bosib
5:27 – 5:29
o‘tadigan yo‘lingizdan albatta zavq olasiz.
5:30 – 5:32
Demak, besh masalahat:¶
5:32 – 5:34
Bir kechada zafar quchishga ishoning,
5:34 – 5:37
savollaringizga boshqalarda javob borligiga,
5:37 – 5:40
o‘sish kafolatlanganda harakatdan to‘xtash kerak ekanligiga,
5:40 – 5:42
ayb doimo birovda ekanligiga ishoning
5:42 – 5:45
va maqsadlarning o‘zigina muhimligiga ishoning.
5:45 – 5:48
Ishonavering, shularni qilasizu, orzularingiz vayron bo‘ladi.
5:48 – 5:50
(Kulishadi)¶
5:50 – 5:51
(Olqishlar)¶
5:51 – 5:52
Rahmat.¶
5:53 – 5:54
Rahmat.¶
5:54 – 5:58
(Olqishlar)

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five + 16 =