OSIYO TARAQQIYOT BANKI VA YAPONIYA HUKUMATINING TO’LIQ STIPENDIYA DASTURI
23.07.2020Har yili Osiyo Taraqqiyot Banki (ADB) Yaponiya hukumati bilan birgalikda Tinch okeanidagi universitetlarda tahsil olish uchun (magistratura va aspirantura dasturlariga) 150 ta stipendiyalarini taqdim etadi.
Ushbu stipendiya rivojlanish bilan bog‘liq mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish uchun to‘lanadi:
- Iqtisodiyot;
- Menejment;
- Fan va Texnologiya va boshqalar.
Stipendiya 1 yil uchun to‘lanadi, talaba muvaffaqiyatli o‘qigan taqdirda, stipendiya keyingi yilga uzaytiriladi.
Magistraturada o‘qish uchun stipendiya 2 yil uchun to‘lanishi mumkin, stipendiya 3 yil aspiranturada o‘qish uchun to‘lanishi mumkin.
Muddati – belgilanmagan.
Stipendiya olish uchun ariza namunasini rasmiy veb-sayt orqali yuklab olish mumkin va ta’lim boshlanishidan 6 oy oldin topshirilishi kerak: https://www.adb.org/site/careers/japan-scholarship-program/main
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.