OTATURK UNIVERSITETI BILAN MEMORANDUM IMZOLANDI

09.10.2023

Turkiyaning nufuzli va qadimiy bilim dargohlaridan biri Otaturk universiteti rektori, professor O‘mer Cho‘mekli boshchiligidagi delegatsiya Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga tashrif buyurdi. 

Mehmonlarni universitet rektori professor Shuhrat Sirojiddinov boshchiligidagi vakillar kutib oldilar. O’zaro suhbat chog’ida har ikki universitet rektorlari o’z ta’lim muassasalari tarixi, tuzilishi va missiyalari haqida ma’lumot berdi. Shundan so’ng Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Otaturk universiteti o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Unga ko’ra ijtimoiy-gumanitar fanlar, xususan sotsiologiya, psixologiya va tarjimashunoslik sohalarida hamkorlik qilish, talabalarning akademik almashinuvini yo’lga qo’yish, tadqiqotchilarning stajirovkasini tashkil etish hamda hamkorlikda ilmiy loyihalar tayyorlash ko’zda tutilgan. Eng asosiy soha esa Turkologiya rivoji uchun birgalikda harakat qilish, Otaturk universiteti qoshidagi Yevroosiyo ipak yo‘li universitetlari amaliy  tadqiqot markazi tomonidan O’zbekistonda turli ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish, o’zbek tili va shevalarini keng o’rganish bo’yicha aniq takliflar o’rtaga tashlandi. 

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

16 + six =