OTM PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI UCHUN UCHTA YO‘NALISHDA MASOFAVIY KURSLAR YO‘LGA QO‘YILDI

14.04.2020

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari uchun “Masofaviy ta’limni tashkil etish texnologiyalari”, “Ingliz tili (beginner)”, “Ingliz tili (intermediate)” yo‘nalishlari bo‘yicha masofaviy kurslarda o‘qish imkoniyati yaratildi.

Masofaviy kurslarda o‘qish uchun professor-o‘qituvchilar o‘zlarining elektron portfolio tizimidagi login va parollari orqali http://mk.bimm.uz/ portaliga kirib, avtorizatsiyadan o‘tadilar.

Masofaviy kurslar portalining bosh sahifasida kurslar ro‘yxati berilgan bo‘lib, tegishli murojaat orqali professor-o‘qituvchilar o‘zlariga kerakli kurslarga o‘tishlari mumkin.

Har bir kursning tarkibida ma’ruzalar matni, video materiallar, mavzular yuzasidan topshiriqlar, testlar, foydali manbalar hamda adabiyotlar manzillari keltirilgan.

Professor-o‘qituvchilar ushbu kurslarda o‘qishlari asosida masofaviy ta’limni tashkil etish bo‘yicha pedagogik dasturiy vositalar va AKT, elektron o‘quv kontentlarini yaratish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Shuningdek, ingliz tili bo‘yicha boshlang‘ich yoki davom ettiruvchilar uchun alohida kurslarda o‘zlarining til ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.

Mazkur kurslarda o‘qish natijalari professor-o‘qituvchilarning uzluksiz malaka oshirish tizimining tarkibiy qismi sifatida navbatdagi qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari yakunida inobatga olinishi rejalashtirilgan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

13 − 7 =