OTMLARNI KUCHLI UNIVERSITETLAR REYTINGIGA KIRITISHDA XORIJ TAJRIBASI MUHOKAMA QILINDI

05.10.2019

2019 yil 4 oktyabr kuni Toshkent shahridagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “Zamonaviy ilmiy tadqiqot hamda ta’lim siyosatini rivojlantirish orqali O‘zbekiston yetakchi universitetlari global raqobatbardoshligini oshirish” mavzusida seminar-konferensiya o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mutaxassislari, “Elsevier” kompaniyasi (Niderlandiya) vakillari hamda yurtimizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari va prorektorlari ishtirok etdi.

Seminarga vazirlik tomonidan maxsus ekspert sifatida Rossiyaning 5-100 loyihasi doirasida universitetlarning global reytingda ko‘tarilishi va raqobatbardoshligini oshirish sohasida faol ekspertlik faoliyatini olib borayotgan Mark Akoyev va Yegor Yablokov, shuningdek, ilm-fan sohasida baholash bo‘yicha taniqli ekspertlar Olga Moskaleva va Darya Buxtoyarovalar taklif qilindi.

Seminarda universitetlarning raqobatbardoshliligini ta’minlash dasturini shakllantirish, respublikamiz oliy ta’lim muassasalarini ilmiy tadqiqotlarning jahon tizimiga kirishini ta’minlash, ilmiy potensiallar va istiqbolli ilmiy tadqiqotlarni baholashning zamonaviy yondashuvlarini qo‘llash, ta’lim va ilmiy tadqiqot faoliyatlarini internatsionalizatsiyalash bilan bog‘liq tarzda oliy ta’lim muassasalari oldida turgan muammolar va istiqbollar muhokama qilindi.

Rossiyalik mutaxassislar “Universitet 3.0” modeliga o‘tishi doirasida oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish va ularning ilmiy tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlari natijalarini tijoratlashtirish istiqbollari kabi dolzarb mavzularda ma’ruza qildilar.

Seminar-konferensiya yakunida O‘zbekiston Respublikasining yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda yetakchi xorijiy ekspertlar tomonidan respublikamizning oliy ta’lim muassasalarining global raqobatbardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan aniq faoliyat yuzasidan takliflar tayyorlandi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two × 5 =