Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi «O’zbek maktabi» o’zining bir yillik faoliyatini nishonladi.
Bir yil avval, 2022-yil noyabr oyida universitetda O’zbek maktabi (Chet elliklar uchun til tayyorlash kursi) taqdimoti bo’lib o’tgan edi.
O’zbek maktabida o’zbek tili eng zamonaviy usul va vositalardan foydalangan holda, kichik, o’rta guruhlarda yoki alohida-alohida, til o’rganuvchilarning xohish-istaklariga muvofiq o’qitiladi.
Tayyorlov kurslarida o’zbek tili turli sohalar uchun integratsiyalashgan shakllarda o’qitiladi, masalan, biznes sohasi, diplomatik soha va boshqalar.
Hozirda o’zbek tilini o’rganishga qaratilgan maxsus bepul onlayn darslar, bepul rubrikalar muntazam tayyorlanib, turli ijtimoiy tarmoqlarda uzatilmoqda. Ushbu markaz faqat til o’rgatish bilan cheklanib qolmay, o’zbek madaniyati bo’yicha maxsus mahorat darslarini ham o’tkazadi. Bu o’zbek maktabining o’ziga xos jihatidir.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.