“O‘ZBEK TILI BO‘YICHA ENG YAXSHI VIDEODARS” IJODIY ISHLAR RESPUBLIKA TANLOVI

10.09.2020

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamkorligida “O‘zbek tili bo‘yicha eng yaxshi videodars” ijodiy ishlar Respublika tanlovi e’lon qilinmoqda.

Tanlovning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Xalq taʼlimi tizimidagi umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarning ona tili (o‘zbek tili) o‘qitish metodikasini takomillashtirish va ommalashtirishga qaratilgan ijodiy ishlarini qo‘llab-quvvatlash;
  • O‘zbekistonda o‘zbek tilini ona tili va davlat tili sifatida o‘qitilishi bo‘yicha ilg‘or pedagogik faoliyatni keng targ‘ib etish va o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish;
  • mamlakatda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, adabiy til meʼyorlariga rioya etilishini taʼminlash va boshqalar.

    Tanlovga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ijodiy ishlar qabul qilinadi:

    – Ona tili fanidan;
    – O‘zbek tili fanidan.

Tanlovga ijodiy ishlar 2020-yilning 20-avgustidan – 20-sentyabriga qadar qabul qilinadi.

Tanlov quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:
1-bosqich: Ijodiy ishlarni qabul qilish – 2020-yilning 20-avgustidan – 20-sentyabrigacha;
2-bosqich: Ijodiy ishlarni Hakamlar hayʼati aʼzolari ishtirokida ko‘rib chiqish va baholash – 2020-yilning 20-sentyabridan – 10-oktyabrigacha;
3-bosqich: Ijodiy ishlarga ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari o‘rtasida onlayn ovoz berish – 2020-yilning 10-oktyabridan – 15-oktyabrigacha;
4-bosqich: G‘oliblarni eʼlon qilish va taqdirlash – 2020-yilning 20-oktyabrigacha.

Tanlovning ikki yo‘nalishi bo‘yicha g’oliblar quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:
1-o‘ringa bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobarida;
2-o‘ringa bazaviy hisoblash miqdorining 35 barobarida;
3-o‘ringa bazaviy hisoblash miqdorining 25 barobarida.

Tanlov nizomi haqida batafsil ma’lumot:
http://til.gov.uz/uz/literature/guide/5

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

20 − eight =