O’ZBEK TILINING XALQARO NUFUZINI YANADA OSHMOQDA

24.03.2023

Samarqand davlat chet tillar institutida deyarli har yili an’anaviy tarzda xorijlik talabalar uchun «O’zbek tili va madaniyati» nomli xalqaro yozgi maktab tashkil etilib kelinmoqda.

Joriy 2023-yildan esa ushbu yozgi maktabga mazmunan o’xshash bo’lgan qishki maktab ham tashkil etildi. Qishki maktab mart oyi davomida Germaniyaning DAAD tashkiloti granti asosida bir guruh xorijlik talabalar uchun «Samarqand – madaniyatlar, dinlar va iqtisodiy manfaatlar chorraxasi» nomi bilan tashkil etildi.

Maktabda Germaniyaning Berlin shahridagi Humboldt universiteti, Layptsig universiteti, Berlin ozod universiteti kabi 16 ta oliy o’quv yurtlarining 21 nafar talabalari ishtirok etishdi. Ular nafaqat o’zbek tilidan boshlang’ich bilimlarni olishdi, balki o’zbek madaniyati va urf-odatlarini, O’zbekiston tarixini, shuningdek, bugungi kunda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni ham o’rganishdi.

Maktab davomida xorijlik talabalarga ma’ruzalar institut o’qituvchisi Sh.Turniyozov tomonidan, o’zbek tili darslari esa institut o’qituvchilari F.Bakiyev va N.Qobilovalar tomonidan  olib borildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 × three =