O‘ZBEK ZAMONAVIY ADABIYOTINI XORIJIY TILLARGA TARJIMA QILISH MASALALARIGA DOIR RESPUBLIKA KONFERENSIYASI BO‘LIB O‘TDI

24.12.2019

Kuni kecha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va “Ijod” jamoat fondi tomonidan “O‘zbek zamonaviy adabiyotini xorijiy tillarga tarjima qilish va chet mamlakatlarda targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusida Respublika konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Respublika konferensiyasining yalpi majlisi va sho‘’balar yig‘ilishlarida ToshDSHIning Sharq filologiyasi fakulteti Tarjimashunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari (N.Mahmudov, M.Ali, X.Hamidov, M.Qayumova, N.Xodjayeva, B.Mamarajabov, Sh.Xasanova), ToshDSHI professor-o‘qituvchilari (A.Alimbekov, S.Nosirova, N.Valiyev, Z.Adashova va b.), shuningdek, Tarjimashunoslik kafedrasining 50 nafarga yaqin talabalari, yosh mutaxassislar, magistrantlar ishtirok etishdi.

Yurtimizning nufuzli tarjimashunos olimlari, tarjimonlar, shoir va yozuvchilar ishtirok etgan anjumanda ToshDSHI Tarjimashunoslik kafedrasi mudiri Xayrulla Hamidov “O‘tkir Hoshimov frazeologiyasining turkcha tarjimalarda berilishi” mavzusidagi, kafedra o‘qituvchilari Nilufar Xo‘jayeva “O‘zbek-hind adabiy aloqalari taraqqiyotida tarjimaning o‘rni” mavzusidagi, Shahzoda Hasanova “Badiiy tarjimada personajlar nutqining monolog vositasida berilishi” mavzusidagi ma’ruzalari  bilan qatnashdilar.

Konferensiyaning yalpi majlisida X.Hamidov tomonidan turk tiliga o‘girilgan Muhammad Yusuf she’rlari taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotni Tarjimashunoslik kafedrasi o‘qituvchisi Mehriniso Qayumova o‘tkazdi, shoirning she’rlari Tarjimashunoslik kafedrasi 1-kurs talabalari tomonidan o‘qildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

19 − two =