«O‘ZBEKCHA-OZARBAYJONCHA VA OZARBAYJONCHA-O‘ZBEKCHA» LUG‘AT KITOBINING TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI
10.10.2019O‘zbek va ozar xalqlari o‘zaro qardosh hamda ko‘p ming yillik madaniy aloqalarga ega. Hozirgi kunda esa millatlararo do‘stlik va hamkorlik aloqalari o‘zining yangi yuksalish davriga keldi.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi, «O‘zbekiston-Ozarbayjon» do‘stlik jamiyati bilan hamkorlikda xalqaro do‘stlikni o‘zida mujassam etgan «O‘zbekcha-ozarbayjoncha va ozarbayjoncha-o‘zbekcha» lug‘at kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot marosimida Ozarbayjon madaniyat markazi rahbari S. Abbasov, mazkur kitob muallifi Boboxon Sharif va ko‘plab tilshunos, adabiyotshunos olimlar, talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Manba: navoiy-uni.uz
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.