FRANSIYANING PUATE UNIVERSITETI BILAN MEMORANDUM IMZOLANDI

13.03.2024

Fransiya delegatsiyasi a’zolari O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.

Ular avval universitet binolari va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, o’quv laboratoriyalari, axborot resurs markazi faoliyati va sohaga oid o’quv-uslubiy adabiyotlar bilan tanishdi.

O’zDJTU rektori mehmonlarni kutib olib, ular bilan universitetda ta’lim sifatini ta’minlash hamda o’quv jarayonini takomillashtirish borasida muloqot o’tkazdi.

Fransiyalik mutaxassislar hamda O’zDJTU rahbar-xodimlari va professor-o’qituvchilaridan iborat ishchi guruh O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan ta’lim standartlari, ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari, o’quv reja va dasturlari hamda malaka talablari borasida o’zaro fikr almashdilar. Shuningdek, tashkil etilishi rejalashtirilayotgan O’zbekiston-Fransiya universiteti faoliyati bo’yicha istiqboldagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida Fransiyaning Puate universiteti bilan Hamkorlik memorandumi imzolandi.