“O‘ZBEKISTON-ITALIYA TA’LIM DAVRA SUHBATI” BO’LIB O’TMOQDA

26.09.2024

Ayni damda Buxoro davlat universitetida tashkil etilgan ushbu davra suhbatida Italiya Universitetlar va tadqiqotlar vazirligi hamda uning huzuridagi 10 dan ortiq universitetlar hamda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va mas’ul vakillar ishtirok etishmoqda.

Kun tartibida ikki mamlakat oliygohlarining hamkorligini yangi bosqichga o‘tishi masalalari belgilangan. Davra suhbatini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakili Gulrux Umarova, Buxoro davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Abror Jo‘rayevlar ochib berdilar.

Shuningdek, davra suhbati davomida Italiyaning mashhur Perudja chet elliklar universiteti, Rimning Roma Tre universiteti, Piza universiteti,  Milano Bikoka universiteti, Turin Politexnika universiteti, Salento universiteti, Venetsiyaning Foskari universiteti hamda bir qator respublikamizning oliy ta’lim muassasalari vakillari o‘zlarining oliy ta’lim muassasalari haqida taqdimot qilib, muhim ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashishmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fifteen − 14 =