2020-yilning 27-noyabridan 4-dekabriga qadar Internews Network xalqaro nodavlat tashkiloti O‘zbekiston jurnalistlari uchun «Mobil fotosuratlar» nomli onlayn-trening tashkil qiladi.
Treningda qatnashish bepul.
Trening ikki muhim vazifani hal etishga qaratilgan:
Syomka paytiga daxldor texnik sozlamalar bo‘yicha fundamental tushunchalar. Tasavvuringizdagi kadrni olish uchun qanday texnik sozlamalar zarur ekanini o‘rganasiz: kerakli rang, yorug‘lik, harakatlanayotgan obyektlar nazorati.
Tomoshabin uchun hissiyotga boy surat olish. Ya’ni voqelikni qiziqarli hikoya qila bilish.
Trening quyidagi mavzularni qamrab oladi:
✔Obyektivni yaqinlashtirishning kadrni qabul qilishga ta’siri
✔Kadrda real ranglarni jonlantirish
✔Kadrdagi yorug‘likni ta’minlash ustidan to‘liq nazorat
✔Harakatlanayotgan jismlarning xiralashuvi jarayonini boshqarish
✔Kadr kayfiyatiga yorug‘lik orqali ta’sir o‘tkazish
✔Qanday qilib tasvirga urg‘u berish va hissiyotlarni kuchaytirish mumkin
✔Kompozitsiyani kiritishda davomiylik
✔Reportaj jonli bo‘lishi, zerikarli tus olmasligiga qanday erishish mumkin.
Onlayn-treningni o‘tkazish vaqti: 2020-yilning 27-noyabridan 4-dekabriga qadar.
To‘rt vebinarning har biri ikki soatdan davom etadi. Vebinarlar Zoom platformasi orqali o‘tkaziladi.
Treninglar nafaqat nazariy bilim olish, balki amaliy mashg‘ulotlarni bajarish, murabbiyning bu xususdagi fikrlarini tinglash imkonini ham beradi. Barcha ishtirokchilar smartfon va shaxsiy kompyuterga ega bo‘lishlari zarur.
Ta’lim tili: rus / o‘zbek tiliga sinxron tarjimasi bilan.
Murabbiy: Boris Krupnik (Ukraina) – «Yashil kvadrat» fotografiya maktabining tajribali mutaxassisi.
Arizalar 2020-yilning 22-noyabriga qadar, Toshkent vaqti bilan 23.00 gacha qabul qilinadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun onlayn-shaklni to‘ldiring.
Barcha savollar bo‘yicha ekhmelevskaya@internews.org elektron manziliga murojaat qiling.
Loyiha Markaziy Osiyo MediaCAMP dasturi doirasida AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) ko‘magida amalga oshirilmoqda.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.