O‘ZBEKISTON JURNALISTLARINING KASB ETIKASI KODEKSI TASDIQLANDI

25.07.2019

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining IV konferensiyasida (17.07.2019 y.) O‘zbekiston jurnalistlarining kasb etikasi kodeksi tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.

Mazkur kodeks muqaddima hamda 10 ta banddan iborat bo‘lib jurnalistlar va barcha OAV xodimlari o‘z kasb majburiyatlarini bajarishda rioya etishi shart bo‘lgan ma’naviy-axloqiy yo‘nalishlarni belgilaydi.

Haqqoniylik, xolislik, adolat, fikrlar xilma-xilligi va inson huquqlariga hurmat O‘zbekiston jurnalistlari faoliyatining asosiy qoidasi hisoblanadi.

O‘zi tarqatayotgan axborotning ishonchliligini tekshirish va xolis axborot taqdim etish jurnalistning majburiyati hisoblanadi.

Ishonchsiz va dalillarga asoslanmagan axborot tarqatgan taqdirda jurnalist zudlik bilan o‘z xatosini tan olishi, uzr so‘rab, xatosini tuzatish chorasini ko‘rishi lozim.

Hujjat bilan jurnalist kasb etikasi talablari va me’yorlari buzilish holatlarini tahlil qilish va xulosa chiqarish maqsadida ommaviy axborot vositalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tuzilishi belgilandi.

Jamoatchilik kengashi yetti kishidan iborat tarkibda besh yillik muddatga O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi konferensiyasida saylanadi.

Jamoatchilik kengashi jurnalistlik faoliyati bilan bog‘liq bahsli holatlarga oydinlik kiritilishida yordamlashadi.

Jamoatchilik kengashi qarori jurnalistni intizomiy, ma’muriy yoki boshqa turdagi javobgarliklarga tortish uchun asos hisoblanmaydi, u tavsiya xususiyatiga ega bo‘ladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × 3 =