O’ZBEKISTON-MISR BIZNES FORUMI BO’LIB O’TDI

24.12.2024

24-dekabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston va Misr oʻrtasidagi hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi hamda Oʻzbekiston-Misr biznes-forumi boʻlib oʻtdi.

Yig‘ilishda ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 100 dan ortiq vakillari, vazirlik va idoralar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Misr rejalashtirish, iqtisodiy rivojlanish va xalqaro hamkorlik vazirligi mutasaddilari ishtirok etdi.

Anjuman davomida Oʻzbekiston va Misrning iqtisodiy salohiyati haqida ma’lumot berilib, hamkorlik aloqalarini rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi, shuningdek, G2B va B2B muzokaralari oʻtkazildi.

Yakunda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Ain Shams universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik borasida anglashuv memorandumi imzolandi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fourteen + 7 =