O‘ZBEKISTON OLIMLARI SPRINGER NATURE ELEKTRON RESURSLARIDAN BEPUL FOYDALANISHLARI MUMKIN

06.01.2020

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va xorijiy “Springer Nature” kompaniyasi yaqin hamkorlik aloqalarini davom ettirmoqda. Hamkorlik doirasida imzolangan shartnomaga asosan, yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalariga va ilmiy tashkilotlarga 2020-yil 1- yanvardan boshlab Springer Nature kompaniyasi elektron resurslaridan  bepul foydalanish imkoniyati taqdim etildi.

Ushbu imkoniyatni taqdim etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yil davomida xorijiy kompaniya jurnallaridan foydalanish, O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayonini hamda ilmiy tashkilotlarda tadqiqotlar samaradorligini oshirish, Springer Nature resurslari bilan tanishish, Springer Nature kompaniyasining reyting jurnallarida O‘zbekistonning maqolalar va kitoblarining sifati va miqdorini oshirish hisoblanadi.

Oliy ta’lim va ilm-fanning kuchli raqobatbardosh tizimini yaratish O‘zbekiston uchun muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilm-fanning rolini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratayotgani ilg‘or innovatsion ishlanmalar va yuqori texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-amaliy tadqiqotlarning raqobatbardoshligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Innovatsion rivojlanish vazirligi bu jarayonda ilmiy tadqiqotlar, yuqori texnologiyalar va innovatsion ishlanmalar sifatini oshirish, ularning natijalarini iqtisodiyotga izchil joriy etishda doimiy ko‘makchidir.

Jahon tajribasidan ma’lumki, ilmiy tadqiqotlar natijalaridan samarali foydalanish ilm-fanga davlat investitsiyalari oqimini ko‘paytirib, ilmiy tadqiqotlar sifati va natijadorligini oshiradi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatda ilm-fan maqomini yangi pog‘onaga olib chiqishga ko‘maklashadi.

Shuningdek, yurtimizda ushbu resurslardan foydalanish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar ko‘pligi hamda ushbu resurslardan foydalanish orqali xorijiy hamkorlarni topish, ular bilan birgalikda xorijiy grant tanlovlari doirasida investitsiya jalb qilish imkoniyatini oshirish maqsadida vazirlik respublikamiz olimlari uchun Springer Nature kompaniyasining elektron resurslariga 1 yil davomida bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 × 4 =