O‘ZBEKISTON OLIY TA’LIM TIZIMI DELEGATSIYASI GRETSIYADA

28.09.2019

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mutaxassislari hamda yurtizdagi  bir qator universitetlari vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Gretsiyada kompyuter lingvistikasi masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan xalqaro seminarda qatnashmoqda.

Shu kunlarda ERASMUS+ dasturi CLASS: “Markaziy Osiyo Universitetlarida kompyuter lingvistikasi bo‘yicha magistrlik dasturini ishlab chiqish” loyihasi ishchi guruhi a’zolari Gretsiyaning Vest Attika universitetida tashkil etilayotgan rasmiy uchrashuvlar va seminar-treninglarda ishtirok etmoqda.

Loyihaning bosh koordinatori Ispaniyaning Santyago de Kompostella universiteti hisoblanadi va yig‘ilishda konsorsium a’zolari Gretsiyaning Vest Attika, Ispaniyaning Koruna, Portugaliyaning Porto, Polshaning Poznan, Qozog‘istonning Al-Farobiy Qozoq milliy, L.N.Gumilov nomidagi Evro Osiyo milliy, Urganch davlat, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy hamda Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetlari va Samarqand davlat chet tillar instituti vakillari ishtirok etdi.

Ishchi guruhi a’zolari tomonidan seminar-treninglar hamda loyihaning mavjud dolzarb masalalari, loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar, magistratura dasturiga qo‘yiladigan talablar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, safar davomida hamkor universitetlar bilan xalqaro aloqalarni mustahkamlash, Hamkorlik shartnomalarini imzolash va yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish borasida muzokaralar olib borilmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × one =