O’ZBEKISTON ONLAYN-OAV JURNALISTLARI VA BLOGERLARI UCHUN «INTERNETDA VA IJTIMOIY TARMOQLARDA MEDIA KONTENTNI TARG’IB QILISH» ONLAYN TRENINGI

01.04.2022

2022-yil 18–27-aprel kunlari Internews xalqaro nodavlat tashkiloti O’zbekistondagi onlayn-OAV jurnalistlari va blogerlari uchun Internet va ijtimoiy tarmoqlarda media kontentni targ’ib qilish bo’yicha bepul onlayn trening tashkil qiladi.

Agar sifatli, qiziqarli va foydali axborot materiallari auditoriyaning e’tiboridan chetda qolsa (ko’rishlar, layklar, repostlar, yuklab olishlar kam bo’lsa), unda kontentni targ’ib qilishga ko’proq urg’u berish kerak. Ushbu trening kontentni samarali targ’ib qilishga ko’maklashadi. Kontentni yaratish bilan targ’ib qilish teng ahamiyatga ega.

Onlayn-trening davomida ko’rib chiqiladigan va ishlab chiqiladigan mavzular:

  • Internet-marketingning asosiy tushunchalari bilan tanishish
  • Ijtimoiy tarmoqlarda saytlar va akkauntlarning targ’iboti
  • Facebook, Instagram, Telegram, YouTube: sozlash, dizayn, reklama xususiyatlari
  • Kontent: usul, kalit so’zlar, heshteglar, izohlar bilan ishlash
  • Kommyuniti-menejment: auditoriya bilan qanday ishlash
  • Statistika: qamrov, qiziqish bildirish, Ko’rishlar
  • Jonli efirni tashkil etish. Nimalarni bilish muhim?

Trening nafaqat nazariy materiallar bayonini, balki amaliy topshiriqlarni ham o’z ichiga oladi. Topshiriqlarni bajarish uchun barcha ishtirokchilar shaxsiy kompyuter va barqaror Internet aloqasiga ega bo’lishlari kerak.

Trening so’ngida ishtirokchilar o’z resurslarini/akkauntlarini targ’ib qilish strategiyasini ishlab chiqadilar va kontent rejasini tuzadilar. Treningdan keyin faol bo’lgan ishtirokchilarda konsultatsiya bo’yicha murojaat qilish va kontentni targ’ib qilish bo’yicha rejani amalga oshirish uchun qo’llab-quvvatlab olish imkoniyati bo’ladi.

Onlayn-trening o’tkazish sanasi: 2022-yil 18-27-aprel.

O’quv dasturi 5 ta vebinar uchun mo’ljallangan. Har hafta Zoom platformasi orqali har biri ikki soat davom etadigan uchta vebinar bo’lib o’tadi (vebinarlar jadvali keyinroq e’lon qilinadi).

Trener — Svetlana Margolis: Svetlana Margolis studiyasining asoschisi (Qirg’iziston)

O’qitish tili — rus / o’zbek (sinxron tarjima).

Hujjatlar 13-aprel 2022-yil Toshkent vaqti bilan soat 12.00 gacha qabul qilinadi.

Ro’yxatdan o’tish uchun onlayn shaklni to’ldiring.

Barcha savollar bo’yicha ekhemelevskaya@internews.org elektron manziliga murojaat qiling.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

12 + thirteen =