O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM TIZIMINI 2030 YILGACHA RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA PREZIDENT FARMONI IMZOLANDI

09.10.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi haqida farmon imzoladi. Farmonga ko‘ra, oliy ta’lim tizimida 2030-yilga qadar vazifalar belgilab olingan.

Jumladan, umumiy o‘rta ta’lim bitiruvchilarining oliy ta’limga qamrab olinishi 50 foizdan oshishi lozim. Buning uchun oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish nazarda tutilgan. Ushbu chora-tadbirlar asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 50 foizdan oshib, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratiladi.

O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining flagmaniga aylantirilishi kutilmoqda.

Shuningdek respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish ko‘zda tutilgan.

Farmonning to’liq matni havolada keltirilgan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

18 − 11 =