O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI XXIV QISHKI OLIMPIYA O‘YINLARINING OCHILISH MAROSIMIDA ISHTIROK ETADI

03.02.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan XXIV qishki Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etish uchun 4-5-fevral kunlari tashrif bilan Pekin shahrida bo‘ladi.

Xitoy poytaxti jahon sporti tarixida ikkala Olimpiadani qabul qilgan birinchi shahar bo‘ladi – 2008-yilda bu yerda XXIX yozgi Olimpiya o‘yinlari ham o‘tkazilgan edi.

Karantin choralariga qat’iy rioya etgan holda 4-20-fevral kunlari o‘tadigan bu galgi o‘yinlarda sportning 15 ta yo‘nalishi bo‘yicha 109 ta medallar to‘plami o‘ynaladi. Bu medallar uchun 90 dan ortiq mamlakat, shu jumladan O‘zbekistondan 4 mingdan ziyod sportchi bellashadi.

Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi 4-fevral kuni Pekindagi “Qush ini” milliy stadionida xorijiy davlatlar va rasmiy delegatsiyalar yetakchilari, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘tadi.

Tashrif dasturiga muvofiq O‘zbekiston Prezidenti qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.

president.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

17 − 3 =