O’ZBEKISTON VA FRANSIYA OLIY TA’LIM MUASSASALARI O’RTASIDA DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI

04.11.2023

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuyel Makronning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida joriy yilning 4 noyabr kuni Toshkent shahridagi Fransuz Alyansi binosida O‘zbekiston va Fransiya oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Fransiya va O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fransiya elchixonasi hamda Erasmus+ taʼlim dasturi vakillarining nutqi tinglandi.

– Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasida oliy va professional taʼlim sohasida hamkorlik kengaymoqda, – dedi Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi madaniyat va hamkorlik bo‘yicha maslahatchisi Loran Oriol. – Bugun tashkil etilgan mazkur tadbir rasmiy tashrifning mantiqiy davomidir. Ikki davlat o‘rtasida taʼlim yo‘nalishida mustahkam hamkorlik bor va bugun ikki tomon oliy taʼlim muassasalari vakillari o‘zaro uchrashib, kelgusi hamkorlik bo‘yicha kelishib olishdi.

Davra suhbatida universitetlararo hamkorlikni yana-da rivojlantirish, akademik almashinuvlarni faollashtirish, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda qo‘shma ilmiy loyihalar va qo‘shma taʼlim dasturlarini amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Ikki davlat o‘rtasida turli yillarda imzolangan 27 shartnoma va memorandumlar asosida respublikamizning 18 ta oliy o‘quv yurti bilan Fransiyaning 22 ta taʼlim tashkiloti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda O‘zbekistonning 9 ta oliy taʼlim muassasasida fransuz tili asosiy til sifatida o‘qitilayotgan bo‘lsa, Respublika miqyosida ushbu tilni birinchi va ikkinchi xorijiy til sifatida 15 mingdan ortiq talaba-yoshlar o‘rganmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two × 2 =