O‘ZBEKISTON VA SINGAPUR O’RTASIDA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR SOHASIDAGI ALOQALAR MUSTAHKAMLANMOQDA

17.01.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi mamlakatimiz ta’lim vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari Singapurda bo‘lib turibdi.

Safar dasturiga muvofiq, vazir rahbarligidagi delegatsiya Singapur Fan, texnologiya va tadqiqotlar agentligi hamda bir qator oliy ta’lim muassasalarida bo‘lib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha muloqot o‘tkazdi.

Shuningdek, vazir Singapurda tahsil olayotgan va ilmiy tadqiqot olib borayotgan bir guruh yoshlar bilan ham uchrashdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

4 × 5 =