O‘ZBEKISTON VA XITOYNING TARIXIY, ILMIY VA IQTISODIY RIVOJIGA BAG’ISHLANGAN KONFERENSIYA BO’LIB O’TDI

18.11.2023

2023-yil 18-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va universitet huzuridagi Konfutsiy nomidagi o‘zbek-xitoy instituti NNT boshchiligida “O‘zbekiston-Xitoy: tarixiy-madaniy, ilmiy va iqtisodiy aloqalar rivoji” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva O‘zbekiston va Xitoy munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlari, mamlakatimizda xitoyshunoslik ilmining rivoji, xitoy tilini o‘rgatish va o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, Xitoyning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish haqida so‘z bordi.  

Xalqaro konferensiyada ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy-gumanitar, madaniy aloqalarning bugungi holati, tarixi va istiqbollari muhokama qilindi va hamkorlikning yangi yo‘nalishlari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Ma’lumot uchun, TDSHUda Xitoyshunoslik fakulteti 2014 yil 3 sentyabrda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda ushbu fakultet talabalari xitoy tili, adabiyoti, tarixi, falsafasi, madaniyati, iqtisodiyoti va siyosati yo‘nalishlarida tahsil olib kelmoqda.

O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida imzolangan shartnoma asosida institut huzurida tashkil etilgan Konfutsiy nomidagi o‘zbek-xitoy instituti yurtimiz aholisi, o‘quvchi va talabalarga xitoy tilini o‘rgatish, xitoy tilidan dars beruvchi professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishga amaliy yordam ko‘rsatish, xitoy tilidan yangi darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yaratish, xitoy tili, adabiyoti, tarixi, madaniyati bo‘yicha seminarlar va konferensiyalar tashkil etish bilan shug‘ullanadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × 1 =