“O‘ZBEKISTON-XITOY: TARIXIY, MADANIY, ILMIY VA IQTISODIY ALOQALARNI RIVOJLANTIRISH” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

20.08.2020

2020-yil 21-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “O‘zbekiston-Xitoy: tarixiy, madaniy, ilmiy va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Konferensiya tashkilotchilari: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va TDSHU qoshidagi Konfutsiy nomli O‘zbek-Xitoy instituti.

Konferensiyaning maqsad va vazifalari:
-O‘zbekiston va Xitoyda fan va ta’lim tizimida innovatsiyalar va yangi ishlanmalar sohasida tajriba almashish;
Filologiya, falsafa, tarix, iqtisodiyot, sotsiologiya, lingvokulturologiya, sinologiya sohalarida tarjima nazariyasi va amaliyoti muammolari bo’yicha fikr almashish;
-O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy sohada xalqaro aloqalarni yanada rivojlantirishga zamin yaratish; O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi istiqbolli aloqalarni o‘rganish, bu boradagi amaliy takliflar kiritish;
-Sinologiya sohasidagi ilmiy izlanishlarni muvofiqlashtirish, yosh olimlarning malakasini oshirish;
-Xitoyshunoslikning dolzarb masalalari bo‘yicha hamkorlik sohasidagi ilmiy mavzularni, shuningdek xalqaro miqyosdagi yangi ilmiy loyihalar bo‘yicha takliflar kiritish.

Anjuman quyidagi bo‘limlarda o‘tkaziladi:
1. Tilshunoslik va o‘qitishning innovatsion usullari.
2. Tarix, falsafa va madaniyat.
3. Tarjimashunoslik, adabiyotshunoslik va manbashunoslik.
4. Iqtisodiyot sohadagi munosabatlarning yangi istiqbollari.

Anjuman o‘tkazish tartibi:
21-noyabr, 2020 yil 09:00 – ro‘yxatdan o’tish
2020 yil 21-noyabr, soat 10:00 – rasmiy ochilish
21-noyabr, 2020 yil 12:00 – ma‘ruzalar taqdimoti va munozara
21 noyabr, 2020 yil 17:00 – konferentsiya yakuni bo‘yicha xulosalar, sertifikatlar taqdimi va konferensiyaning yopilishi.

Anjuman shakli: yuzma-yuz

Konferensiyada ishtirok etish shakli: yalpi, sektsion, video-audio taqdimot, munozarada ishtirok etish.

Anjumanda ishtirok etish uchun maqolalar qabulining so’nggi kuni : 2020-yil 10-sentyabr.

Ma’ruzalar tashkiliy qo‘mita tomonidan saralab olinadi; ma’ruza mualliflari konferentsiyada ma’ruzachilar sifatida qatnashishlari to‘g‘risida elektron pochta orqali xabardor qilinadi.

Konferensiya qatnashchilari ikkita sertifikat olishlari mumkin: ma’ruza uchun va konferensiya materiallari muhokamasida faol ishtirok etganlik uchun.

Anjuman olib boriladigan tillar: o‘zbek, rus, xitoy va ingliz tillari.
To‘plamning elektron nashr etilishi 2020 yil oktyabr oyiga rejalashtirilgan.
Nashr bepul.

Tashkiliy qo‘mitaning manzili: Toshkent sh. A. Temur, 26. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Xitoyshunoslik fakulteti, xitoy tili va adabiyoti kafedrasi.

Murojaat uchun telefonlar: +99893 543 31 84
Elektron pochta: conferencechinauzbek@gmail.com
Batafsil: https://tsuos.uz/xalqaro-ilmiy-amaliy-konferensiyasi/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two × 2 =