O‘ZBEKISTONDA JURNALISTLAR UCHUN YANGI HUQUQIY RISOLA CHOP ETILDI

19.01.2021

O‘zbekistonda jurnalistlar uchun qo‘llanma – «O‘zbekiston OAV qonunchiligi savollar va javoblarda» chop etildi. Risola muallifi Karim Bahriyev jurnalistlar kasbiy faoliyati davomida ko‘p duch keladigan huquqiy savollarga javoblar bergan.

Bugungi kunda jurnalistlar sud majlislariga kiritilmasligi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Mazkur masala yuzasidan kelib chiqayotgan mojarolar tez-tez ommaviy axborot vositalarida yoritilmoqda.

Karim Bahriyev risolada qanday qonuniy asoslarga ko‘ra sud majlisi yopiq o‘tkazilishi mumkinligi, jurnalistlarni ochiq sud majlislariga kiritmaslik masalalariga huquqiy javoblar bergan. Huquqiy bilim –jurnalistning eng zaruriy quroli. Huquqiy bilimning yetarli bo‘lishi jurnalistning o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttiradi. Ammo, har qanday jurnalist ham O‘zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksi yoki boshqa qonunlarini yoddan bilavermaydi.

Jurnalistlar uchun huquqiy maslahatlar va keyslar to‘planmasi bo‘lishi ayni muddaodir.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × three =