O‘ZBEKISTONDAGI MALAKALI ONLAYN-MEDIA MUTAXASSISLARI UCHUN «MEDIADA NATIV REKLAMA» ONLAYN-TRENINGI

30.04.2021

Internews Network xalqaro nodavlat tashkiloti O‘zbekistondagi media mutaxassislarini «Mediada nativ (bilvosita) reklama» mavzusidagi bepul onlayn-treningga taklif etadi.

Trening sanasi — 18-28 may, 2021 yil.

Trening kimlar uchun

  • Muharrirlar
  • O‘zbekiston milliy va mahalliy onlayn OAVning tijorat bo‘limlari menejerlari
  • O‘z loyihalaridan pul ishlash (monetizatsiyalashtirish) istagidagi media mutaxassislar

Trening quyidagi mavzularni qamrab oladi:

  • Nativ (bilvosita) reklama nima?
  • Nima uchun bilvosita reklama mablag‘ topishga yordam beradi?
  • Bilvosita reklama oddiy reklama va PR-maqolalardan nimasi bilan farq qiladi?
  • Bilvosita loyixalar va oddiy bilvosita maqolalarni qanday qilib o‘ylab topish mumkin
  • Bilvosita reklamani sotishni qanday boshlash kerak
  • Qanday qilib muvaffaqiyatli bilvosita loyihalar yaratish mumkin

Vebinar Zoom platformasida bo‘lib o‘tadi, vebinar jadvali haqida keyinroq xabar beriladi.

Trening tili — Rus tili / O‘zbek tili (Sinxron tarjima).

Trener — Sergey Saxarov – CityDog.by (https://citydog.by/) raqamli jurnalining qo‘shma-asoschisi va bosh muharriri, media-ekspert, malakali xalkaro trener (Belarus).

Ariza topshirish muddati — 2021-yil 9-may, Toshkent vaqti bilan 23:00 ga qadar.

Batafsil ma’lumot va ariza shakli quyidagi havolada: https://newreporter.org/uz/2021/04/21/ozbekistondagi-malakali-onlajn-media-mutaxassislari-uchun-mediada-nativ-reklama-onlajn-treningi/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × 5 =