O’ZBEKISTONLIK FRANSUZ TILI O‘QITUVCHILARI FRANSIYAGA MALAKA OSHIRISHGA YUBORILADI

08.10.2024

Fransiyada bo’lib o’tgan Xalqaro Frankofoniya tashkilotining 19-sammitida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ishtirok etdi. Sammit doirasida turli uchrashuvlar bo‘lib, muhim kelishuvlarga erishildi.

Nitsadagi Frankofoniya universiteti rahbari Yann Librati bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda, janob Librati O‘zbekiston fransuz tili yo‘nalishida mintaqaviy “hab”ga aylanishiga ishonch bildirdi.

Uchrashuvda turli malaka oshirish dasturlari va o‘zaro tajriba almashuvlarni jadallashtirish muhimligi qayd etildi.

Ma’lumot o’rnida: hozirgi kunda O’zbekistonda fransuz tili 600ga yaqin maktablarda xorijiy til sifatida va 100 ga yaqin maktablarda ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitib kelinmoqda.

Uchrashuv so’ngida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Nitsadagi Frankofoniya universiteti o‘rtasida 2025-yil davomida 200 nafar o’zbekistonlik fransuz tili o‘qituvchilarini grant asosida Fransiyaga malaka oshirishga yuborish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 × 1 =