O‘ZBEKISTONLIK JURNALISTLAR UCHUN “ONLAYN JURNALISTIKA ASOSLARI” ONLAYN TRENINGI TASHKIL ETILMOQDA

27.07.2020

Internews Network xalqaro nodavlat tashkiloti o‘zbekistonlik professional jurnalistlar uchun “Internet-jurnalistikasi asoslari” onlayn treningini o‘tkazmoqda.

Treningga o‘zbekistonlik jurnalistlar va blogerlar taklif etiladi.

Trening quyidagi mavzularni qamrab oladi:

  • zamonaviy ommaviy axborot vositalaridan foydalanishning xususiyatlari
  • auditoriya ehtiyojlari
  • jurnalistikaning yangi format va janrlari
  • nashrlar uchun mavzularni izlash va saralash usullari
  • yangi OAV uchun matn yaratish xususiyatlari
  • sarlavhalar va kerakli tugmani bosishning sirlari
  • SMM asoslari va virusli content
  • Jurnalistlar uchun qidiruv tizimini optimallashtirish asoslari (SEO)

Onlayn o‘qitish kunlari: 2020-yil 7 avgustdan 21-avgustgacha. Zoom platformasida har haftada har biri ikki soatdan davom etadigan ikkita vebinar bo‘lib o‘tadi, keyinchalik vebinarlarning vaqti haqida ma’lumot beriladi.

Trening nafaqat nazariy materiallarni taqdim etish, balki ishtirokchilar tomonidan amaliy topshiriqlarni ishlab chiqish, shuningdek, vebinarlar orasida murabbiydan fikr-mulohazalarni olishni ham o‘z ichiga oladi.

O‘qish tili: o‘zbek.

Murabbiy: Lenur Yunusov – tajribali xalqaro mediamurabbiy.

Arizalar 2020-yil 5-avgustgacha Toshkent vaqti bilan soat 23:00 ga qadar qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun iltimos onlayn-shaklni to‘ldiring.

Barcha savollar bo‘yicha ekhmelevskaya@internews.org. elektron pochta manziliga murojaat qiling.

Loyiha AQSh xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) ko‘magida Markaziy Osiyoning MediaCAMP dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

RASMIY HAVOLA

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

6 − two =