O‘ZBEKISTONLIK MUHARRIR VA JURNALISTLAR UCHUN “INTERNET JURNALISTIKASI. YUQORI DARAJA” ONLAYN MAHORAT DARSLARI

11.03.2021

Internews Network xalqoro nohukumat tashkiloti o‘zbekistonlik muharrir va jurnalistlarni “Internet jurnalistikasi. Yuqori daraja” onlayn mahorat darslarida ishtirok etishga taklif qiladi.

Mahorat darslari har biri uch kunlik 2 ta intensiv kursdan iborat:

“Onlayn-media uchun xizmatlar va vositalar”:

  • Axborot izlash uchun imkoniyatlar va vositalar;
  • Kontent bilan ishlash – Faktcheking va kontentni rejalashtirish;
  • Tahliliy veb-analitika vositalari – Google Analytics va Yandeks.Metrika;
  • Ishlab chiqarish va axborot xavfsizligi.

“SEO — onlayn-media faoliyatida qidiruv tizimini optimallashtirish”

  • Jurnalistlarga SEO ni yaxshi tushunish nima uchun zarur;
  • SEO dan qanday foydalanish – Qo‘llash usullari, layfaklar va eng yaxshi misollar;
  • Qidiruv tizimlari qaysi saytlarni xush ko‘radi;
  • Sarlavha yozishda nimalani inobatga olish lozim;
  • SEO – media uchun strategiya;
  • Nima uchun Google News ga kirish muhim.

Kurslar sanasi:

“Onlayn-media uchun xizmatlar va vositalar” — 29-, 31-mart hamda 2-aprel 2021-yil.

“SEO — onlayn-media faoliyatida qidiruv tizimini optimallashtirish” — 5-, 7-, 9-aprel 2021-yil.

O‘qish tili: Rus tili/ O‘zbek tili (Sinxron tarjima).

Trener: Lenur Yunusov — tajribali xalqaro mediatrener.

Onlayn-seminarlar har biri ikki soatdan Zoom platformasida o‘tkaziladi, seminarlar jadvali haqida keyinroq xabar beramiz.

Arizalar qabul qilinish muddati — 23-mart, 2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 23:00 ga qadar.

Siz bir vaqtning o‘zida ikkala kursga ham ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin, ammo e’tibor bering, buning uchun har ikkala shaklni alohida to‘ldirishingiz lozim.

Kurslarga ro‘yxatdan o‘tish va shartlar bilan to‘liqroq tanishish uchun ushbu havoladan foydalaning.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eight + nine =