O’ZBEKISTONLIK PROFESSOR-O’QITUVCHILAR BUYUK BRITANIYANING LIDS UNIVERSITETIGA TASHRIF BUYURISHDI

05.04.2024

Samarqand davlat tibbiyot universiteti xodimlaridan iborat delegatsiya Buyuk Britaniyaning Leeds shahrida joylashgan Leeds Universitetiga tashrif buyurdilar. 

«FOR21» loyihasi doirasida amalga oshirilgan tashrif davomida SamDTU xodimlari Buyuk Britaniyaning eng yirik universitetlaridan biri hisoblangan hamda jahon va Yevropa reytinglarida yuqori o‘rinlarda turuvchi oliy ta’lim muassasasi faoliyati, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, universitet bo‘ylab ekskursiya tashkil etilib, kutubxona va undagi adabiyotlar ham ko‘zdan kechirildi.

«FOR21» loyihasi to‘qqizta oliy o‘quv yurtidan iborat konsorsium bo‘lib, ulardan 3 tasi Yevropa, 2 tasi Rossiyadan, 2 tasi O‘zbekistondan va 2 tasi Qozog‘istondan iborat.