O’zDJTU DELEGATSIYASINING YAPONIYA UNIVERSITETLARIGA TASHRIFI

23.11.2019

NAGOYA UNIVERSITETI

Nagoya universiteti (Nagoya, Yaponiya) Yaponiyaning eng yaxshi universitetlaridan biri bo’lib, jahon reytingida yetakchi o’rinni egallaydi.

Universitet professor-o’qituvchilari orasida 6 Nobel mukofoti laureatlari mavjud bo’lib, ularning ishlari universitetning maxsus muzeyida aks ettirilgan.

Universitetning o’quv dasturlari deyarli barcha sohalarni qamrab oladi va bitiruvchilarga bo’lgan talab 98,6 foizni tashkil etadi. Nagoya universiteti O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan muvaffaqiyatli hamkorlik aloqalarini olib boradi.

2019-yilning 22-noyabr kuni O’zDJTU rektori, professor G’. X. Raximov boshchiligidagi delegatsiya Nagoya universitetiga tashrif buyurib, universitet rektori professor S. Matsuo, xalqaro aloqalar departamenti rahbari professor K.Shinoxara, professor Nakaxigashi va professor Nishizaki bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar oliy ta’lim muassasalari o’rtasida, xususan, Nagoya universiteti gumanitar fanlar fakultetlari va O’zDJTU filologiya fakulteti o’rtasida yanada yaqin aloqalar o’rnatishga kelishib oldilar. Nagoya universitetining mazkur fakulteti tillarni o’qitishda bebaho tajribaga ega bo’lib, O’zDJTUda tillarni o’qitishni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

NANZAN UNIVERSITETI

Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya Nanzan universitetiga (Nagoya, Yaponiya) tashrif buyurdi, u yerda Nanzan universiteti rektori E.Toritsu, xalqaro munosabatlar bo’yicha prorektor, professor X. Osava, xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Shimoyama xonim bilan oliy ta’lim muassasalari o’rtasidagi kelgusidagi hamkorlik yo’nalishlarini muhokama qilish maqsadida uchrashuv bo’lib o’tdi. Tomonlar O’zDJTU va Nanzan universiteti talabalari hamda o’qituvchilari uchun qisqa muddatli kurslar va stajirovkalarni tashkil etish orqali aloqalarni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.

Rahbariyat bilan uchrashuvdan so’ng Nanzan universitetida tahsil olayotgan turli mamlakatlarning talabalari ishtirokida ochiq dars tashkil etildi, unda Ipak yo’li davlatlarining boy tarixiy merosi ikki mamlakatda o’zaro madaniy boyitish va turizmni rivojlantirish omili sifatida taqdim etildi. Talabalarga O’zbekiston madaniyati, mamlakatdagi mavjud o’zgarishlar va O’zbekistonda ta’lim olish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish imkoniyati berildi.

Tashrif yakunida mehmonlar talabalarni o’qitish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

NAGOYA IQTISODIYOT UNIVERSITETI

22-noyabr kuni Ichimura ta’lim muassasalari korporatsiyasi direktorlar Kengashi raisi X. Sueoka, Nagoya iqtisodiyot universiteti rektori X. Saburi, prorektor M. Tomioka va ma’muriy direktor T. Yamakava bilan ham uchrashuv tashkil etildi. Ta’kidlash joizki, Ichimura ta’lim muassasalari korporatsiyasi tarkibiga 1 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 2 ta boshlang’ich ta’lim muassasasi, 2 ta o’rta ta’lim muassasasi va 1 ta oliy ta’lim muassasasi kiradi. Ta’limning barcha bosqichlarini qamrab olgan muvaffaqiyatli tashkilot qurishning bu misoli delegatsiyada katta qiziqish uyg’otdi va batafsil muhokama mavzusiga aylandi.

Uchrashuv davomida tomonlar ikki mamlakatda qisqa va uzoq muddatli ta’lim dasturlarini taqdim etish, oliy ta’lim muassasalari o’rtasidagi hamkorlikni kengaytirish sohasida faoliyat olib boradigan O’zDJTU negizida Nagoya iqtisodiyot universiteti ofisini ochishni nazarda tutuvchi Hamkorlik to’g’risidagi shartnomani imzolashga kelishib oldilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 + 15 =