Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati bir qator nufuzli universitetlar: Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay chet tillar universiteti, Pekin tillar va madaniyat universiteti, qolaversa Buyuk Britaniyaning Goodenough universiteti vakillarirni kutib oldilar va uchrashuv o’tkazdilar.






Uchrashuv davomida tomonlar talabalar almashinuvi dasturlari, professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish boʻyicha kurslar, qoʻshma taʼlim va ilmiy loyihalarni ishlab chiqish, har ikki universitet tadqiqotchilarining oʻzaro tashkil etilgan ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlarda ishtirok etishlari yuzasidan muzokara olib bordilar.
