FINLYANDIYA TAJRIBASI O’RGANILMOQDA

19.01.2024

XNU va OʻzDJTU oʻrtasida imzolangan Memorandum doirasida bir guruh professor-oʻqituvchilar amaliyot oʻtash maqsadida Finlandiyada tashrif buyurdi.

Ayni paytda ular Finlandiyaning talaba va oʻquvchilar bilan gavjum, taʼlim darajasi eng yuqori hududi Jyväskylä shahrida boʻlib turibdi.

XNU prorektori Odil Qoʻysinov va OʻzDJTU prorektori Abdurahim Nasirov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Finlandiyada maxsus oʻquv dasturi doirasidagi treninglarda ishtirok etmoqdalar. Taʼlim amaliyotining birinchi kunida Finlandiya taʼlim tizimi va taʼlim maqsadlari bilan tanishildi.

Fin oʻquvchilari 9-sinfdan keyin taʼlim oladigan 3 yillik oliy maktabga tashrif amalga oshirildi. Delegatsiya aʼzolari ushbu maktabda xorijiy tillarni oʻqitish jarayonlari bilan tanishib, taqqoslash imkoniyatiga ega boʻldilar.

Shuningdek, delegatsiya Muuramedagi Mäkelänmäen koulu oʻrta maktabiga tashrif buyurdi. Maktabning oʻquv xonalari va ustaxonalari, oʻqitish tizimi bilan tanishildi. Darslar jarayoni kuzatilib, fransuz, nemis, ingliz tillarini oʻqitish tajribalari oʻrganildi. Maktabdagi shart-sharoitlar, texnologiya, musiqa va sanʼat oʻquv xonalaridagi jihozlar va qurollar, elektron dars vositalari, IT texnologiyalari koʻzdan kechirildi. Oʻquvchilarga individual yondashuv borasidagi fin tajribalari bilan tashildi.