O’ZDJTU REKTORI FAKULTETLARDA BO’LIB, SHART-SHAROITLAR BILAN YAQINDAN TANISHDI
12.09.2023Bugun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Toʻxtasinov fakultetlarda bo`lib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
![](https://fledu.uz/wp-content/uploads/2023/09/photo_2023-09-12_14-58-09-2-1024x576.jpg)
Tanishuv jarayonida universitet rektori auditoriyalarga kirib, dars jarayolarini kuzatdi. Yoshlarga mamlakatimizda ilm olish, izlanish va tadqiqotlar olib borishlari uchun barcha sharoitlar yaratilayotgani to’g’risidagi fikrlarini bildirdi.
![](https://fledu.uz/wp-content/uploads/2023/09/photo_2023-09-12_14-58-11-1024x576.jpg)
![](https://fledu.uz/wp-content/uploads/2023/09/photo_2023-09-12_14-58-10-1024x576.jpg)
Suhbat davomida talaba-yoshlarning ta’lim olish jarayonida duch kelayotgan muammolari, sohalar bo‘yicha savol, taklif va murojaatlari tinglandi.
Yakunda talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha javob olishdi.
![](https://fledu.uz/wp-content/uploads/2023/09/photo_2023-09-12_14-58-14-2-1024x576.jpg)
![](https://fledu.uz/wp-content/uploads/2023/09/photo_2023-09-12_14-58-14-1024x576.jpg)
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.