O’zDJTU TALABALARI RESPUBLIKA MIQYOSIDAGI ONLAYN OLIMPIADADA FAXRLI I O’RINNI QO’LGA KIRITDILAR

19.07.2020

Oliy ta’lim muassasalari talabalarini gumanitar, tabiiy, ilmiy va umumkasbiy fanlar bo’yicha o’z qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, iste’dodlarini ro’yobga chiqarishga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida O’zbekiston OTMlari talabalari o’rtasida o’tkaziladigan olimpiada joriy yilda onlayn tarzda bo’lib o’tdi. Kuni kecha O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan onlayn olimpiada natijalari e’lon qilindi.

Mazkur olimpiadada O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari ham munosib ishtirok etib, 2ta faxrli I o’rinni qo’lga kiritdilar:

  • Xodjayeva Shodbegim — O’zDJTU talabasi (Fransuz tili fanidan faxrli I o’rin sohibasi);
  • Shodmonova Feruza — O’zDJTU talabasi (Fransuz tili va adabiyoti fanidan faxrli I o’rin sohibasi).

Pandemiya sharoitida o’z universiteti nomidan munosib ishtirok etib, onlayn olimpiada g’oliblariga aylangan ikki fransuz tili bilimdonlari hamda ularning ustozlarini bu muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelajakda ularga bundanda katta zafarlar tilab qolamiz.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

четыре × 3 =