O’ZDJTU VA YAPONIYA UNIVERSITETLARI: HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

07.11.2019

O’zbekiston va Yaponiya turli sohalar, jumladan, madaniyat, fan va ta’lim sohalarida samarali hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti bu kabi hamkorlikka hissa qo’shayotgan O’zbekistonnnig yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.

Ana shunday hamkorlikning uzviy davomchisi sifatida bugun, 7-noyabr kuni O’zDJTUda tashkil qilingan Yaponiyaning Sukuba universiteti professori bilan uchrashuvni keltirish mumkin. Yaponiyalik professor Ono Masaki ishtirokida O’zDJTU rektori G’anisher Raximov boshchiligidagi universitet vakillari bilan ta’lim sohasiga oid bir qancha masalalarni muhokama qildilar. Sukuba universiteti bilan hamkorlik masalalari, O’zDJTU delegatsiyasining Yaponiyaga tashrif dasturi muhokamasi shular jumlasidandir.

Ma’lumot o’rnida, O’zDJTU 2015-yilda Yaponiyaning Sukuba va Soka universitetlari bilan, 2017-yilda Bunkyo Gakuin universiteti bilan ikki tomonlama hamkorlik shartnomalarini imzolagan. Shuningdek, 2019-yil 7-9-iyul kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tgan III O’zbekiston-Yaponiya oliy ta’lim muassasalari rektorlari konferensiyasi doirasida Yaponiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan kelgusidagi o’zaro hamkorlik masalalari muhokama qilingan. Muloqot chog’ida o’zaro tajriba almashish, talaba, o’qituvchi va talabalar almashinuvi, ilmiy sohadagi hamkorlik, qo’shma ta’lim dasturlari hamda xalqaro loyiha va grantlar doirasida hamkorlik masalalari bo’yicha o’zaro fikr almashilgan.

Shuni qayd etib o’tish kerakki, hozirgi kunda O’zDJTU rektori Raximov G’anisher Xudoyqulovich nomiga Toyo universiteti tomonidan taklifnoma yuborilgan. Ushbu xizmat safari 18-26 noyabr kunlariga rejalashtirilgan bo’lib, tashrif davomida Yaponiyaning Bunkyo Gakuin, Sukuba, Nagoya, Nanzan, Aichi prefekturasi, Vakayama universitetlari hamda JTB Corporation tashkiloti rahbarlari bilan o’zaro uchrashuvlar va muzokaralar o’tkazish, shuningdek Toyo universiteti bilan hamkorlik to’g’risidagi Memorandumni imzolash ko’zda tutilgan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

16 + nine =