O’zDJTU VA YAPONIYANING SUKUBA UNIVERSITETI HAMKORLIGIDA XALQARO KONFERENSIYA TASHKIL QILINDI

09.03.2020

Kuni kecha O‘zDJTU huzuridagi chet tillarini o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi tomonidan «Xorijiy tillarni o‘qitish o‘quv dasturlariga XXI asr ko‘nikmalarini integratsiya qilish» mavzusida III an’anaviy xalqaro konferensiya tashkil etildi. Bu haqida O’zDJTU matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda 15 ga yaqin xalqaro ekspertlar, Yaponiya davlatining Sukuba universiteti professor-o‘qituvchilari hamda Respublika OTMlarining professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar, magistrant va talabalar, shuningdek, sohaga qiziquvchilar ishtirok etdi.

Konferensiyaning yana bir muhim jihatlaridan biri shundaki, mazkur konferensiya Yaponiyaning Sukuba universiteti va O‘zDJTU hamkorligidagi birinchi tadbir hisoblanadi.

O‘zbekiston va Yaponiya davlatida xorijiy tillarni o‘qitishda CEFR tizimini DTS bilan bog‘liqligini amalda ko‘rish va boshlang‘ich ta’lim tizimida xorijiy tillarni o‘qitish, o‘rganish va baholash kabi maqsadlarda o‘tkazilgan tadbir so‘ngida istiqboldagi rejalar haqida ham kelishib olindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

nineteen + 11 =