O’zDJTU VAKILLARINING “SARDOBA SARI!” XAYRIYA AKSIYASI

05.05.2020

Sirdaryo viloyatida ro’y bergan Sardoba suv ombori bilan bog’liq fojia butun o’zbek xalqini yanada birlashtirdi. Bunday sinovli kunlarda xalqimiz birdamlik, sahovatpeshalik, qo’li ochiqlik bilan qiyin ahvolda qolgan aholiga beminnat yordam ko’rsatmoqda.

Xalqimizning bu tashabbusini davom ettirgan holda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi ham “Sardoba sari!” xayriya aksiyasini uyushtirishda tashabbuskorlik ko’rsatdi.

O’zDJTU vakillari bilan bir qatorda, Sirdaryoda zarar ko’rgan aholiga kerakli buyumlar, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat xayriya tadbirida universitetga yaqin hududlarda istiqomat qilayotgan aholi vakillari ham faolllik ko’rsatib, ko’mak berdilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

seventeen − eight =