O’zDJTU XALQARO TURIZM SOHASIDA SAMARALI HAMKORLIK ALOQALARINI YO’LGA QO’YMOQDA

24.02.2020

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti nafaqat xorijiy tillar, balki xalqaro turizm sohasida ham samarali hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ymoqda.

Mazkur hamkorlikning davomi sifatida bugun, 24-fevral kuni O’zDJTUga «Markaziy va Janubi-sharqiy Osiyo xalqaro turizmni tadqiq qilish markazi» bosh ijrochi direktori Rudi Fang tashrif buyurdi. Tashrif chog’ida Rudi Fang O’zDJTU rektori G’.Raximov rahbarligidagi universitet vakillari bilan uchrashdi. Rasmiy uchrashuvda tomonlar O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida Xalqaro turizm tadqiqotlar markazi Til va madaniyat bo’limini tashkil qilish, mazkur markaz faoliyati yuzasidan muhokamalar olib bordilar.

Rasmiy uchrashuvdan so’ng, «Markaziy va Janubi-sharqiy Osiyo xalqaro turizmni tadqiq qilish markazi» bosh ijrochi direktori Rudi Fang O’zDJTU huzurida tashkil qilingan «O’zbekistonda xorijiy tillar» (FLEDU.UZ) nomli elektron ilmiy-amaliy jurnali va Internet portali faoliyati bilan tanishdi hamda istiqbolli hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan kelishib olindi.

Ma’lumot o’rnida, 2019-yil dekabr oyida Samarqanddagi “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti va Buxoro davlat universiteti Singapurning “Oʻzbekiston-Singapur turizm markazi” bilan hamkorlikda dunyoda yagona – Markaziy va Janubi-sharqiy Osiyo xalqaro turizmni tadqiq qilish markaziga (CASEA-InTouReC) asos solgan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fifteen + six =