O’ZDJTUDA “ARAB TILI — JAHON TILI” KUNI NISHONLANDI

17.12.2020

18-dekabr “Arab tili — jahon tili” deb e’lon qilingan kun sifatida xalqaro miqyosida keng nishonlanadi. O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida ham mazkur sana munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi birinchi o’rinbosari Mohammed El Sukkari janoblari, Misrlik ustoz Ubayd janoblari O’zDJTUga tashrif buyurdi. Mehmonlar dastavval O’zDJTU kampusi bilan tanishdilar.

Shundan so’ng, Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi birinchi o’rinbosari Mohammed El Sukkari janoblari, Misrlik ustoz Ubayd janoblari O’zDJTU rektori, sotsiologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori Azizov Ulug‘bek Botirovich rahbarligidagi universitet vakillari bilan uchrashdilar. Rasmiy uchrashuv davomida tomonlar sohaga oid masalalarni muhokama etdilar. Rasmiy uchrashuv boshqa qatnashuvchilar uchun Zoom orqali onlayn tarzda tashkil qilindi.

Tadbirning badiiy qismidagi talabalar tomonidan tayyorlangan O‘zDJTU haqidagi taqdimot, kalligrafiya bo‘yicha ishlar, arab milliy taomini tayyorlash taqdimoti kabilar ishtirokchilarga yanada ko’tarinki kayfiyat ulashdi.

1 Comment so far

Jump into a conversation
  1. Malikabonu
    #1 Malikabonu 18 Dekabr, 2020, 16:59

    Mashaa’Alloh, juda ajoyib! ?

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eighteen + 16 =