O’zDJTUDA «ENGLISH ACCESS MCROSCHOLARSHIP» DASTURI BOʻYICHA UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI

21.09.2022

Bugun  O’zDJTU binosidagi Access markazida “English Access Mcroscholarship» dasturi boʻyicha uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda O’zDJTU rahbariyati, William O’Roark (Amerika elchixonasining mamlakatlar bo’yicha direktori), Kris Kouen (Access dasturi bo’yicha ma’sul), Amanda Xopson (PAS yordamchisi) hamda Feruz Akobirov  (ELP koordinatori)lar ishtirok etdi.

Mehmonlar suhbat jarayonida Access dasturi o’qituvchilari bilan yaqindan tanishdi va dastur doirasidagi o’rganuvchilarning  interfaol, shaxsga moslashtirilgan  bir qator  zamonaviy o’qitish tamoyillari, g’oyalari hamda  vositalari orqali  ularning  qobiliyatlarini rivojlantirish bo’yicha takliflar berishdi.

Maʼlumot oʻrnida, Access Xalqaro ta’lim bo’yicha Amerika Kengashlari tomonidan boshqariladigan dastur boʻlib, 14-17 yoshdagi ingliz tilini o’rganishga qiziqadigan, lekin buning uchun moliyaviy  jihatdan imkoniyati cheklangan oila farzandlari uchun mo’ljallangan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eighteen − 16 =