O‘zDJTUDA PROFESSIONAL GIDLARNI TAYYORLAYDIGAN YANGI YO‘NALISH OCHILDI

24.06.2019

O`zbekiston davlat jahon tillari universitetida yangi bakalavriat ta’lim yo`nalishi – GID HAMROHLIGI VA TARJIMONLIK FAOLIYATI joriy yildan ilk martoba abituriyentlarni qabul qiladi.

Mazkur yo`nalish 2017-yil 16-avgust kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etildi. Bugungi kunda milliy turistik mahsulotni jahon bozorida faol va har tomonlama targ`ib qilish uchun bu soha mutaxassislariga bo`lgan ehtiyoj katta. Shu sababli mazkur keng qamrovli yo`nalish O`zDJTU tarkibida yo`lga qo`yildi.

Unda gid-sayohatchi, gid-tarjimon kabi bir nechta soha mutaxassislari tayyorlanadi. Ta’lim jarayoni bevosita sohaning yetuk mutaxassislari, xorijlik professionallar ishtirokida olib boriladi. Bu yo`nalishga joriy o`quv yilida 25 nafar talaba qabul qilinishi mo`ljallangan.

Manba: uzswlu.uz

5 Comments so far

Jump into a conversation
  1. Zulhumor
    #1 Zulhumor 11 May, 2020, 12:57

    Bu soha Fargʻona Davlat universiteti da ham ochildi va men shu sohada oʻqiyman ..lekin bizda bu sohani yoʻnalishlari yoʻq gid-sayohatchi yoki gid-tarjimon degan …
    Shuningdek ,yaqinda bu sohani bitirganlar uchun 7sohada magistratura oʻqish yoki ishlash boʻyicha qaror chiqibdi degan gap chiqdi
    Xalqaro Diplomatiya
    Jurnalistika
    Bank valyuta boʻlimi
    Turizm
    OTM larda shu soha vakillari uchun oʻqituvchilik yana shunga oʻxshash …hech qayerda koʻrmadm bunday maʼlumotni ..shu rostmi

    Reply this comment
  2. Shukur
    #2 Shukur 14 Avgust, 2020, 23:48

    Oʻqtuvchi boʻlib ishlash mumkunmi

    Reply this comment
  3. Bozorova Gullola
    #3 Bozorova Gullola 27 Noyabr, 2020, 16:05

    Salom menda savol bor edi . Grant ham bormi bu fakultetda bor boʻlsa necha ball. Faqat 25 nafar talaba qabul qilinadimi? Qaysi fanlardan topshirish kerak fakultetga kirish uchun

    Reply this comment
  4. Bobir mirzo
    #4 Bobir mirzo 13 Dekabr, 2020, 13:21

    Qanday fanlardan imtihon bo’ladi

    Reply this comment
  5. Rahmatullayev Hikmatillo
    #5 Rahmatullayev Hikmatillo 10 Avgust, 2021, 16:09

    Qaysi fanlar kerak bo’lar ekan

    Reply this comment

Javobni bekor qilish uchun bosing.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

один × 3 =